Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va baliq ovlash hajmida o‘sish qayd etildi.
Hisobot davrida yetishtirilgan asosiy chorvachilik mahsulotlari va ovlangan baliqlar hajmi quyidagicha:
Go‘sht (tirik vaznda) — 129,5 ming tonna. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 foizga oshgan.
Sut — 681,6 ming tonna. O‘sish 5,8 foizni tashkil etgan.
Tuxum — 554,3 mln dona. Ishlab chiqarish hajmi 5,0 foizga ko‘paygan.
Jun — 1 167,3 tonna. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 foizga oshgan.
Ovlangan baliqlar — 18 489,3 tonna. O‘sish 2,1 foizni tashkil etgan.




