Joriy yilning 29- mart kuni Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi intervyuyeri R.Vahobov bilan birgalikda Toshloq tumani "Yakkavut” MFY, “Sevinch” ko‘chasi, 134-uy xo‘jaligida yashovchi Tohalieva Muharramxon bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Ma’lumot uchun, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.