Joriy yil 29-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘ Umarov mazkur bo‘limi bos mutaxassisi F.Alimova hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar tomonidan Marg‘ilon shahrida ishlab chiqarish faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda o‘rtacha bir kunda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, uning qiymati, haftada ishlagan kuni kabi ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.