Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining “Statistika asoslari” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” o‘quv kursi mashgu‘ulotlari tashkil etilgan. Bugungi mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligiga qarashli Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.G‘ayibnazarov “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar asosida statistik o‘rganish. Mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarni qo‘llashning o‘ziga xos xusussiyatlari” hamda “Milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni statistik hisoblash usullari. Yalpi ichki mahsulot, uning turlari va hisoblash usullari” mavzulari yuzasidan ma’ruza qildi.