05/04/2023

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. Viloyatda bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2023-yilyanvar-fevral oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 272,5 mln.AQSH dollariga yetdi va 📊2022-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 85,6 mln.AQSH dollariga yoki 23,9 %ga kamaydi.