06/04/2023

2023-yil yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha 15,6 mln.AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 18,3 %ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 80,3 %ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (42,9 %) va trikotaj mato (16,0 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 105 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 17ta davlatiga eksport qilindi.