Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pozilovlar tomonidan Marg‘ilon shahrida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi va o‘tkazilgan so‘rovnoma yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Kuzatuvlar davom etmoqda.