2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 309 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 8 668 tani tashkil qildi (ulushi 20,5 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahri – 1 372 ta
Marg‘ilon shahri – 733 ta
Buvayda tumani – 600 ta
Bag‘dod tumani – 590 ta
Farg‘ona tumani – 535 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 3 666 ta
sanoat sohasida – 1 818 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 691 ta
qurilish sohasida – 567 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 339 ta