Kuni kecha viloyat statistika boshqarmasida “Ochik eshik”lar kuni o‘tkazildi. Bu kuni Farg‘ona Davlat Universitetining “Geografiya” yo‘nalishidagi 1- bosqich talabalari tashrif buyurdilar. Tadbirda boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudova tomonidan talabalarga boshqarmada faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq bo‘limlarining ish faoliyati bilan tanishtirib, u xususan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda statistika tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan o‘tgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy qayta qurishlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng talabalar tomonidan berilgan savollar mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.