Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan Latviyaning аxborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filiali o‘qituvchi va talabalari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirni “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov kirish so‘zi bilan ochib, u ishtirokchilarga taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilayotganligi, islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘zni boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonovga berildi. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi. Bundan tashqari bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.Tadbir yakunida mavzug oid muzokaralar bo‘lib o‘tdi.