19/04/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 36 368 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 143 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
 Farg‘ona shahrida – 5 746 ta
 Qo‘qon shahrida – 4 013 ta
 Marg‘ilon shahrida – 3 182 ta
 Oltiariq tumanida – 1 990 ta
 Uchko‘prik tumanida – 1 837 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
 savdo sohasida – 14 052 ta
 sanoat sohasida – 8 317 ta
 qurilish sohasida – 2 899 ta
 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 233 ta
 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 791 ta