28/04/2023

Joriy yilning 28-aprel kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zolari uchun tashkil etilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari qatnashib, bugungi kunda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qay tarzda olib borilayotganligi haqida so‘z yuritdilar. Aholini ro‘yxatga olish  aholi farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish haqida keng va atroflicha tushuntirish berildi.

photo2023-04-2816-24-21
photo2023-04-2816-24-18
photo2023-04-2816-24-15