2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 31,9 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 1095,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 13,4 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 84,6 % ni tashkil etgan.