2023-yil yanvar-mart oylari holatiga jami investitsiyalar hajmida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 387,2 mlrd.so‘m yoki jami investitsiyalarning 87,0 % o‘zlashtirilib,2022-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 9,4 % punktga kamaydi.
Shundan:
Korxona mablag‘i – 1004,1 mlrd. so‘m
Aholi mablag‘lari – 693,1 mlrd. so‘m
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 617,2 mlrd. so‘m
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 556,9 mlrd. so‘m
Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar – 567,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.