03/05/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023–yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 3 448,6 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 103,5 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3 347,0 mlrd. so‘mni (103,8 %), o‘rmon xo‘jaligi – 88,4 mlrd. so‘mni (103,0 %), baliqchilik xo‘jaligi – 13,2 mlrd. so‘mni (64,2 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 8,5 %ni tashkil etdi.