2023- yil yanvar-mart oylarida 23 409 ta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 25,4 promilleni tashkil etdi hamda bu ko‘rsatkich 2022- yilga nisbatan 2,6 promillega oshganligi kuzatildi (2022- yilda 22,8 promilleni tashkil etgan).