03/05/2023

Joriy yilning 3-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika bo‘limining mazkur yonalishga jalb qilingan interyuyerlari ishtirokida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

 

fcc3a16df3c7cfb976718
c80651eca1f1d83842529
64e719af0173415f75902

O‘quv seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turgunova, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi N.Mamudovalar qatnashib, tanlanma kuzatuv O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan "Savdo faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma (4-savdo (Jsh))", "(Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslar to‘grisida so‘rovnoma (l2-bozor)" va "Chorva mollari va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘grisida so‘rovnoma (12-bozor(chorva))" asosida o‘tkazilishi, kuzatuvlarni o‘tkazish vaqti va tanlab olingan savdo joyi, kuzatuvni o‘tkazish tartibi belgilangan meyoriy xujjatlari asosida amalga oshirilishi haqida tushuntirish berdilar. Bundan tashqari, shakllangan ma’lumotlarni to‘g‘ri, sifatli va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.