10/05/2023

Joriy yilning 10-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov hamda bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonovlar tomonidan Marg‘ilon shahridagi “Yuksalish" MFYda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, xaritada belgilanlangan noturar obyektlarning holati hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar.