10/05/2023

Joriy yilning 10-may kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimova tomonidan Uchko‘prik tumanidagi “Katta Qo‘shtepa” MFY, “Obod” ko‘chasi, 111-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Ahmadjonov xonadoni tanlanma kuzatuvi amalga oshirilgan. Kuzatuv jarayonida xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi qirilgan uy-joylarni umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash ishlari amalga oshirildi.Shakllangan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.