11/05/2023

Joriy yilning 10-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonov va G‘. Mamajonovlar tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi “Namuna” MFYda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, xaritada belgilanlangan noturar obyektlarning holati hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bundan tashqari mahalla aholisiga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini ham olib bordilar.