11/05/2023

Joriy yilning 10-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev hamda “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘I A.Pazilovlar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.