12/05/2023

Joriy yilning 12-may kuni Dang‘ara tumani statistika bo‘limi  mutaxassisi O.Tullayev tomonidan Dang‘ara tumanidagi “Qora mulla” MFY, Olmazor ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro S.Sotvoldiyeva xonadoni tanlanma kuzatuvi  o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi qirilgan uy-joylarni umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash ishlari amalga oshirildi. Shakllangan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.