12/05/2023

Joriy yilning 12- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qo‘qon shahrida tanlanma kuzatuvlarni sifatli va shaffof tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning ish faoliyati o‘rganildi. Tadbir davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy bo‘lim intervyuyeriga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.