12/05/2023

Joriy yilning 12-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Sanoat statistikasi”  bo‘limi bosh mutaxassisi F.Alimova va Oltiariq tumani statistikasi bo‘limi mas’ul xodimi Z.Musayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan berilgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan Oltiariq tumanida 5 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ish faoliyati o‘rganildi.  O‘rganish natijasiga ko‘ra 2 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani va 3 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar esa ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlandi.