12/05/2023

Joriy yilning 12-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Valiyev hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Savdo faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi 4-savdo (YaTT)- choraklik tanlama kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida kuzatuvlarni o‘tkazish vaqtida mazkur bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari, shakllangan ma’lumotlarni  to‘g‘ri, sifatli va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.