15/05/2023

Joriy yilning 12-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonov va G‘. Mamajonovlar tomonidan Rishton tumanidagi “Mehnatobod” MFYda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, xaritada belgilanlangan noturar obyektlarning holati hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bundan tashqari mahalla aholisi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini ham olib bordilar.