2023- yilning 1- may holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 172 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida bu sohada 42 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Farg‘ona shahri – 8 ta
Qo‘qon shahri – 6 ta
Qo‘shtepa tumani – 5 ta
Rishton tumani – 3 ta