11/05/2023

Joriy yilning  11-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda mazkur bo‘limning mutaxassislari B.Ahadjonov, G‘. Mamajonovlar tomonidan Bag‘dod tumani  “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inining vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirldi. Bundan tashqari, kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi.