11/05/2023

Joriy yilning 11- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Mamadaliyev hamda Dang‘ara tumani statistika bo‘limi boshlig‘I T.Kimsanovlar tomonidan Dang‘ara tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli va shaffof tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning ish faoliyati o‘rganildi. Tadbir davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy bo‘lim intervyuyeriga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.