Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining “Narx statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojidinovlar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Bundan tashqari olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritilayotganligi nazorat qilindi. Shu bilan birga narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.