17/05/2023

Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Sh.Ruziyev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov, Quvasoy shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi E.Rahmonov hamda shahar kadastr agentligi mutaxassisilari bilan hamkorlikda Quvasoy shahrida kuzatuvga tushgan xonadon sohiblari bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Kuzatuv jarayonida 2023-yil yanvar-mart oylarida ishga tushirilgan uy-joyning umumiy maydoni (m2), yollanma ishchilar soni, ishlagan kunlar soni, uy-joy hamda hovlidagi qo‘shimcha xo‘jalik qurilishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining miqdori kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga  to‘g‘ri va shaffof kiritilayotganligi o‘rganildi.