Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Sh.Ruziyev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov, Farg‘ona tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i J.Xasanov hamda tuman kadastr agentligi mutaxassisilari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida kuzatuvga tushgan xonadon sohiblari bilan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida 2023-yil yanvar-mart oylarida xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi qirilgan uy-joylarni umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash, yollanma ishchilar soni, ishlagan kunlar soni, uy-joy hamda hovlidagi qo‘shimcha xo‘jalik qurilishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining miqdori va shunga o‘xshash ma’lumotlar planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritilayotganligi o‘rganildi.