18/05/2023

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 📊2020- yilning mos davriga nisbatan 126,1 foizni tashkil etdi.

👇Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
♻️ mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1-may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 7,0 foiz ulushini tashkil etdi;
♻️ restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 93,0 foiz ulushini tashkil etdi.