18/05/2023

2023-yilning 1- may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 706 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 8 693 tani tashkil qildi.

👇Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Farg‘ona shahri – 1 390 ta
• Marg‘ilon shahri – 734 ta
• Buvayda tumani – 606 ta
• Bag‘dod tumani – 579 ta
• Farg‘ona tumani – 537 ta

👇Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 3 583 ta
• sanoat sohasida – 1 811 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 689 ta
• qurilish sohasida – 573 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 344 ta.