Joriy yilning 19-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘I A.Pazilov hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Nabiyevlar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅Kuzatuvlar davom etmoqda.