22/05/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 36 753 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 522 tani tashkil etgan.

👇Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Farg‘ona shahrida – 5 829 ta
• Qo‘qon shahrida – 4 035 ta
• Marg‘ilon shahrida – 3 209 ta
• Oltiariq tumanida – 2 007 ta
• Uchko‘prik tumanida – 1 855 ta

👇Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 13 868 ta
• sanoat sohasida – 8 407 ta
• qurilish sohasida – 2 985 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 212 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 818 ta