23/05/2023

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1- may holatiga viloyatimizda 📊2019-yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 120,7 foizni tashkil etdi.

👇So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
• 2019 yilda – 7 024 ta
• 2020 yilda – 7 782 ta
• 2021 yilda – 9 505 ta
• 2022 yilda – 10 167 ta
• 2023 yilda – 8 475 ta