23/05/2023

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 451 taga yetdi va ular tomonidan 171,5 mln.AQSH dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.