24/05/2023

2023-yilning yanvar-aprel oylarida MDH mamlakatlariga 78,6 mln.AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 61,0 %ini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston, Qozog‘iston, XXR va Tojikiston kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 78,9 %ni tashkil etdi.