24/05/2023

Joriy yilning  24-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda mazkur bo‘limning yetakchi mutaxassisi H.Nortojiyevlar tomonidan Furqat tumanidagi “Kichik Yangi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.