25/05/2023

Viloyatimizdagi barcha taʼlim muassasalarida dillarga oʼzgacha shukuh, bir umr esda qoladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Аna shunday tadbirlardan biri Oltiariq tumani 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabida ham tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev qatnashib, bitiruvchilarga hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir so‘ngida o‘quv yili davomida o‘quvchilar orasida o‘zining iqtidori, odobi, bilimi bilan yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faolligi bilan hammaning mehrini qozongan o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etdi.