29/05/2023

Joriy yilning 27-may kuni So‘x  tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B. Qodirjonov tomonidan  So‘x tumaniga qarashli dehqon va  chorva bozorlarida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda chorva (parranda) sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda  mazkur bozorlarning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorlarda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi.