29/05/2023

 Joriy yilning 26- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev  Marg‘ilon shahar statistika bo'limining kuzatuvga mas'ul xodimi Sh. Tojimatovlar tomonidan Marg‘ilon shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Bundan tashqari kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish, kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.