29/05/2023

Kuni kecha Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘I O.Mirzaakbarov tomonidan tumanga qarashli chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada mazkur bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari tushumi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy tarzda joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tavsiyalar berildi.