29/05/2023

 Joriy yilning 29- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi mutaxassislari N.Umarova, L. Omonov hamda  Farg‘ona shahar statistika bo'limining kuzatuvga mas'ul xodimi I.No‘monovalar tomonidan Farg‘ona shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

 Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda  kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.