30/05/2023

Joriy yilning 30- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda Qoshtepa tumani statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi X.Yunusovalar tomonidan Qo‘shtepa tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Bundan tashqari kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.