01/06/2023

Joriy yilning 1-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim 1-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan Oltiariq tumaniga qarashli “Zilxa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.