01/06/2023

Joriy yilning 1- iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Mamadaliyev, Beshariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘I F.Davlatov hamda kuzatuvga mas'ul xodimi, bo‘limning yetakchi mutaxassisi U. Temirovlar tomonidan Beshariq tumani shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yo‘lovchi tashish transport xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsiy avtotrasport egalari tomonidan olingan ma'lumotlarni registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.