Mamalakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning 1-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli “Xumdon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligini xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.