02/06/2023

Joriy yilning 1- iyun kuni Statistika agentligi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'ining o'rinbosari A. Sattorov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar statistikasi” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘I V.Mirzayev hamda kuzatuvga mas'ul xodimi M.Olimovlar tomonidan Quva tumanida shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o'rganildi.
Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi nazoratga olindi.